09:15 / 19.07.2022
2 487

Zaxarova Liz Trassning sharmanda bo‘lganini eslatib qo‘ydi

Zaxarova Liz Trassning sharmanda bo‘lganini eslatib qo‘ydi
Rossiya TIV rasmiy vakili Liz Trassga Sergey Lavrov bilan uchrashganida sharmanda bo‘lganini eslatdi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trassning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilishga tayyorligi haqidagi bayonotini izohlar ekan, Trassning fevral oyida Moskvada Rossiya diplomatiyasi rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini esladi.

Zaxarovaning qayd etishicha, Trassning o‘sha yig‘ilishda Lavrovni “chaqirib, qamal qilishga” urinishi “u nima haqida gapirayotganini ham tushunmay, geografik nomlarni chalkashtirib yuborgani sharmandalikdir”.

Yoningga chaqirib o‘zingcha Lavrovni qamal qilmoqchi bo‘lganing o‘xshamadi, Liz”, deydi Zaxarova.

Ushbu muzokaralarda Britaniya elchisi Liz Trassning qulog‘iga to‘g‘ri javoblarni pichirlashga majbur bo‘ldi va xo‘jayinining har bir xatosini tuzatib turdi”, deya yozgan Rossiya TIV vakili ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Buyuk Britaniya tashqi siyosati yetakchisi Liz Trass o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. Lavrov ushbu muzokaralardan hafsalasi pir bo‘lganini aytib, suhbatni go‘yoki soqov va karlar suhbatiga o‘xshatgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zaxarova Liz Trassning sharmanda bo‘lganini eslatib qo‘ydi