12:40 / 19.07.2022
1 245

Zelenskiy UXX kadrlari tekshiruvdan o‘tkazilishini e’lon qildi

Zelenskiy UXX kadrlari tekshiruvdan o‘tkazilishini e’lon qildi
Foto: AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmatida (UXX) kadrlar tekshiruvi o‘tkazilishini e’lon qildi. «28 nafar mansabdor shaxsni ishdan bo‘shatish masalasi hal qilinmoqda. Turli daraja, turli yo‘nalishda. Lekin asoslar o‘xshash - ishning qoniqarsiz natijalari», - dedi u 18 iyul, dushanba kuni kechki videomurojaatida.

Shu bilan birga, Oliy radadan bir kun avval Zelenskiy tomonidan lavozimidan chetlatilgan UXX rahbari Ivan Bakanovni ishdan bo‘shatish so‘ralgan. Ukraina prezidenti ushbu taqdimnomani Konstitutsiyaning 106-moddasi 1-qismi 14-bandiga muvofiq parlamentga topshirdi, deya xabar bermoqda «Ukrainskiye novini». Bu masala Oliy radaning navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi, deya xabar berdi «Golos» fraksiyasi deputati Yaroslav Jeleznyak Telegram’da.

17 iyul kuni Zelenskiy UXXni 2019 yil avgustidan beri boshqarib kelgan Ivan Bakanovni ishdan bo‘shatdi. Prezident farmonida qayd etilishicha, Bakanov Ukraina Qurolli kuchlari intizom nizomining 47-moddasiga muvofiq lavozimidan chetlashtirilgan. Qaror xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik, bu odamlar orasida qurbonlar va boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelgani sababli qabul qilingan. Xizmat raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Vasiliy Malyuk UXXga vaqtinchalik rahbar etib tayinlandi.

Shu bilan birga, bosh prokuror lavozimida ishlagan birinchi ayolga aylangan va 2020 yilning martidan buyon faoliyat ko‘rsatib kelgan Irina Venediktova ham lavozimidan chetlashtirildi. Bosh prokurorning vazifalari uning o‘rinbosari Aleksey Simonenkoga yuklangan.

Zelenskiy Bakanov va Venediktovaning ishdan bo‘shatilishini davlatga xiyonat bo‘yicha ishlar va prokuratura, dastlabki tergov va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlarining hamkorlikdagi faoliyati bilan izohladi. Ko‘rilgan 198 ta jinoyat ishi bo‘yicha tegishli shaxslarga ayblovlar qo‘yildi. Prokuratura va UXXning 60 dan ortiq xodimi Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarda qolib, Ukrainaga qarshi ishlamoqda, dedi prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy UXX kadrlari tekshiruvdan o‘tkazilishini e’lon qildi