23:56 / 19.07.2022
4 212

Dronlardan ham ko‘proq: Eron Rossiyaga nima bera oladi?

Dronlardan ham ko‘proq: Eron Rossiyaga nima bera oladi?
Vladimir Putin beshinchi marotaba Eronga tashrif buyurmoqda. Bu ko‘pmi yoki kam? Agar Putin mamlakatga rahbarlik qilgan 2000 yildan hisoblansa ko‘p emasdek. Ammo, agar tashriflar sanasidan hisoblansa- umuman boshqacha manzara: ya’ni hozirgi tashrifning so‘nggi yetti yillikdagi to‘rtinchisi ekanligi aniq bo‘ladi.

Ha, Putin ilk bor Tehronga 2007 yilda kelgan, ammo muntazam tashriflar 2015 yildan boshlangan. Qolaversa, Putinning tashriflari ish xarakteriga ega, u hech qachon islom respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lmagan. Uning har bir tashrifi Eron poytaxtida o‘tkazilgan qandaydir ko‘p tomonlama tadbirlar bilan bog‘liq bo‘lgan: Kaspiy forumi, gaz eksport qiluvchi mamlakatlar sammiti... Yoki xuddi shu safargidek, “Ostona formati” uchrashuvlarida Rossiya-Turkiya-Eronning uch tomonlama sammiti kabi. Ushbu “katta uchlik” besh yil avval Suriyadagi mojarolarni bartaraf etish yo‘llarini topish maqsadida paydo bo‘lgan edi. Ammo allaqachondan buyon Suriya muammolaridan o‘zib ketdi. Chunki, bu uch mamlakatning barchasi chindan suveren mamlakatlar sirasiga kiradi- ularning muhokamalar uchun mavzulari bor.

Qolaversa, agar Turkiyaning ham mintaqaviy ham dunyoviy masalalarda obro‘si (ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash tarafdorlari ham, muxoliflari ham) juda yaxshi tushunilgan bo‘lsa, Eronning roli ko‘p yillardan buyon yetarlicha baholanmagan. Aniqrog‘i - mutlaqo noto‘g‘ri baholangan. Sababi oddiy: bizning G‘arbga yo‘naltirilgan ekspertlar hamjamiyatimiz buyuk qo‘shnimizga asosan G‘arbning ko‘zoynaklari orqali qaragan: yakkamoxov mamlakat, raketa tutgan va atom bombasini xohlayotgan mullalar, teokratiya, qatag‘on rejimi, Uzoq Sharq, umuman butun dunyoga tahdid, islom fanatiklari va hokazo. Umuman olganda, ilg‘or, ma’rifatli va boy G‘arb bilan taqqoslanmaydigan qandaydir sharqiy tuynuk.

Yo‘q, siyosiy rahbariyat Eronga boshqacha nazar bilan qaragan, ammo bizning xalqimiz islom respublikasi haqida nimani bilar edi? Eng yomon vaziyatda - g‘arb propogandasining hikoyalari, eng yaxshi holatda esa - “Kinosayohatchilar klubi”ning qandaydir aks - sadolari. Hatto bizning 2014 yilda Sharqqa qarab burilishimiz janubiy qo‘shnimizni idrok etishni o‘zgartirmadi: Rossiyada haqiqiy Eronni yaxshi bilishmaydi.

Biroq, biz hozir 20 yoki 25 yillik har tomonlama strategik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzish harakatidamiz. U shu yilning o‘zida imzolanishi mumkin: yanvar oyida yangi prezident Ibrohim Raisiy Moskvada Eron shartnomasi loyihasini Vladimir Putinga topshirdi, o‘tgan oy esa Sergey Lavrov Rossiya variantini Tehronga olib bordi. Rossiya va Eron harbiy ittifoqchi bo‘lmaydi (garchi harbiy-texnikaviy hamkorlik borgan sayin qo‘shma mashg‘ulotlar bilan to‘ldirib borilsada). Ammo munosabatlarimiz juda jiddiy rivojlanmoqda.

Qolaversa, Eron Rossiya bilan ko‘p tomonlama hamkorlikka yanada faolroq jalb qilinmoqda - u allaqachon SHHTga a’zo bo‘ldi (kuzda a’zo bo‘lish jarayonlari yakun topadi), BRIKSga ham a’zo bo‘lmoqchi. Ya’ni so‘z ikki davlat o‘rtasida ham ikki tomonlama formatda, ham jahon miqyosida strategik hamkorlikning to‘laqonli yo‘nalishi haqida bormoqda. Rossiya va Eron o‘zaro hamkorlik uchun ulkan salohiyatga ega- savdodan tortib Boltiqbo‘yini Arab dengizidagi Eron portlari bilan, ya’ni Kaspiy dengizi orqali Hindiston bilan Yevropani bog‘laydigan “Shimol-janub” transport koridorigacha. Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi ziddiyot tufayli u o‘z ahamiyatini yo‘qotdi deb o‘ylashga hojat yo‘q - Shimol va Janub o‘rtasida savdo salohiyati hamon juda katta. Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi sanksiyalar urushi uzoq davom etsa, koridor Rossiyaning Yaqin Sharq va Osiyo davlatlari bilan savdosi uchun juda kerak bo‘ladi.

Va eng asosiysi - Eron bilan yaqinlashish Rossiyaning strategik manfaatlariga mos keladi. Chunki biz nafaqat buyuk sivilizatsiyalar merosxo‘ri, 86-milionlik qo‘shnimiz, balki dunyoning eng kuchli mamlakati bilan hamkorlik qilmoqdamiz. Eron o‘z yo‘lidan ketayotgan, davlat va jamiyatni tashkil etishning o‘ziga xos shakllarini izlayotgan, milliy manfaatlarini himoya qiladigan, hech qanday tashqi bosimga bo‘ysunmaydigan chinakamiga suveren mamlakat. Ayni ishlarni Rossiya ham qilayotir, ammo biz yana ko‘p qilishimiz kerak.

Va gap bu yerda o‘nlab yillar davomida g‘arb sanksiyalariga qaramay rivojlanish bo‘yicha Eron tajribasi va hayoti haqida emas- u ham foydali, kerak bo‘lib qoladi, garchi sobiq dunyoning o‘zi, G‘arb o‘ziga yoqmaydigan mamlakatlarni sezilarli darajada “tormozlab turishi” mumkinligi (va ularni yo‘q qilish bilan tahdid qilish) o‘tmishda qolsada. Ahamiyatlisi, Eron o‘z davlatchilik va ijtimoiy munosabalar shakli, o‘z milliy chizgilari va harakatlarini belgilab beradigan formulani yarata olgan.

Islom respublikasi - bu g‘arbiy yoki sharqiy namunalaridan olingan qog‘oz emas - bu noyob eroncha ixtiro. An’analariga tayanadigan (diniy va milliy), ham xalq vakilligining to‘g‘ri shakli va islom qonunlarini qo‘llash g‘oyasiga asoslangan murakkab ixtiro. Lekin eng qiyin tashqi sharoitlarda o‘z muammolari, xatolari va saboqlari bilan omon qolgan ixtiro. Hech qaysi derjavalar – Eron esa shubhasiz derjavalardan biri - so‘nggi o‘n yilliklarda yangi tipdagi davlat qurish sohasida bunday bunyodkorlik namoyish etmagan. Oxirgi marta shunga o‘xshash (va hatto miqyos jihatidan ham ustunroq bo‘lgan) tajriba Sovet Ittifoqi, ya’ni bizning mamlakatimiz edi.

Va hozir ham biz ulkan tahdidning qarshisida turibmiz. Biz xalqimiz turmushi va davlatimizning yangi shaklini yaratishimiz kerak. G‘arb bilan qarama-qarshilikda turish uchun emas, balki bu allaqachondan buyon o‘zimizga kerak bo‘lgani uchun. Eron tajribasini Rossiyada qo‘llab bo‘lmaydi. Ammo eronlarning mukammal ijtimoiy bunyodkorlikka harakatlari va davlat adolat himoyasida turish, halq g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirib, himoya qilishi, xalq va Parvardigor oldidagi ma’suliyatni his qilgan halol, irodali insonlar yetakchilik qilishi borasidagi harakatlari ruslarga yaqin.

Va shuning uchun Putinning Eron Islom Respublikasi oliy rahbari Rahbar Humayniy bilan beshinchi uchrashuvi nafaqat ikki o‘ta nufuzli va o‘ta tajribali davlat arbobi o‘rtasidagi suhbat, balki, global muammolar va tahdidlardan tashqari muzokalar uchun mavzusi bo‘lgan uchrashuvdir. Chunki Rossiya va Eron kabi ikki davlat o‘z ma’naviy-milliy yo‘lidan borsa, demakki, birga borishadi. Va ularning har biri g‘arbdan keladigan tahdidlarga shunchaki javob bermasdan, balki an’anaviy xalqlar o‘z turmush tarzi va o‘z qonunlariga muvofiq yashashi mumkin bo‘lgan yangi dunyoni birgalikda qurish yo‘lida kuchayib ham boradi.

Pyotr Akopov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dronlardan ham ko‘proq: Eron Rossiyaga nima bera oladi?