Kecha “Ostona formati” sammitida ishtirok etish uchun Eron poytaxti Tehronga borgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi.
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri ilk yuzma-yuz uchrashuv Tehron xalqaro anjumanlar zalida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv oldidan prizedentlar qo‘l berib ko‘rishdi va matbuot vakillariga qisqa nutq so‘zladi.
Uchrashuvda Rossiya-Turkiya hamkorligi turli yo‘nalishlarda jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi. Ikki davlat yetakchilari Rossiya va Ukrainadan g‘alla yetkazib berish muammosini muhokama qildi.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Qora dengiz portlaridan Ukraina g‘allasini eksport qilish bilan bog‘liq barcha masalalar hali hal etilmagan, biroq allaqachon harakatlar boshlangani yaxshi.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Suriyani tartibga solish bo‘yicha bir qancha jumboqlar bor, biroq Rossiya Federatsiyasi, Eron va Turkiyaning Suriyadagi inqirozni hal qilish borasidagi ishlari umuman olganda samarasini beryapti.
“Bizning qarshimizda yana bir muhim masala —Qorabog‘ muammosini hal qilish ham bor. Men yaqinda Kaspiy sammiti doirasida Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdim, u sizga ko‘p salom yo‘lladi”, - dedi Rossiya rahbari.
Erdog‘on, o‘z navbatida, “Ostona formati” doirasidagi uchrashuv katta plyus ekanini ta’kidladi.
“O‘ylaymanki, vositachilik missiyasi doirasida Rossiyaning konstruktiv roli davom etmoqda va davom etadi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Istanbul muzokaralarida Rossiya tomonining tutgan pozitsiyasi juda ijobiy va konstruktiv bo‘ldi”, - dedi Turkiya prezidenti.
U muzokaralar samarali bo‘lishiga umid bildirdi.
Prezidentlar Putin va Erdog‘an oxirgi marta 2021 yil 29 sentabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida yuzma-yuz uchrashgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...