date
views 1 673

Lavrov Ukrainadagi urush vazifalari geografik jihatdan kengayishini ma’lum qildi

Lavrov Ukrainadagi urush vazifalari geografik jihatdan kengayishini ma’lum qildi
Foto: RIA Novosti
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainadagi urushning «geografik maqsadlari» o‘zgarganini ma’lum qildi: endi ular ayirmachilar tomonidan o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donbass «xalq respublikalari» bilan cheklanib qolmaydi, balki boshqa hududlarni ham qamrab oladi. Bu haqda u 20 iyul, chorshanba kuni RIA «Novosti» va RT’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Hozirgi vaqtda geografiya boshqacha, - deya ma’lum qildi Rossiya TIV rahbari, - Endi bu Xerson oblasti, Zaporoje oblasti va boshqa bir qator hududlarni o‘z ichiga oladi, bu jarayon davom etmoqda».

Shu bilan birga, Lavrov agar G‘arb davlatlari Ukrainani uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan ta’minlasa, u holda jangovar harakatlar geografik ko‘lami yanada kengayib ketishi bilan tahdid qildi.

Bir kun avval AQSH Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Rossiya egallab olingan Ukraina hududlarini anneksiya qilish uchun zamin tayyorlayotgani haqidagi AQSH razvedka ma’lumotlarini bayon qilgan edi. Buning uchun u yerga noqonuniy «hokimiyat» vakillari tayinlanib, rus rubli mahalliy valyuta sifatida joriy qilinyapti, aholiga Rossiya pasportlari topshirilmoqda. Xususan, Kirbi Xerson, Zaporoje va butun Donbass atrofidagi hududlarni tilga oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov Ukrainadagi urush vazifalari geografik jihatdan kengayishini ma’lum qildi