19:24 / 20.07.2022
1 199

Lavrov: hozirgi vaziyatda Ukraina bilan muzokara olib borishning ma’nosi yo‘q

Lavrov: hozirgi vaziyatda Ukraina bilan muzokara olib borishning ma’nosi yo‘q
Hozirgi vaziyatda Ukraina bilan muzokara olib borishning ma’nosi yo‘q. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RT va RIA Novostiga bergan intervyusida gapirdi.

Lavrov G‘arb siyosatchilarining Kiyev “jang maydonida g‘alaba qozonishi kerak” va frontda zaif pozitsiyalari borligi sababli hozircha muzokaralarga bormasligi kerak, degan mazmundagi bayonotlarini eslagan.

Men bularning barchasi, aytishganidek, kambag‘allar foydasiga deb hisoblayman. Va yana ular hech qachon jiddiy odamlarning jiddiy e’tiboriga sazovor bo‘lgan ba’zi narsalarni shakllantirishga qodir emasligi uchun ham bu ish bermaydi. Biz buni allaqachon anglab yetganmiz”, - dedi Lavrov.

Lavrovning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb davlatlari Kiyevni har qanday konstruktiv qadamlardan saqlamoqda, qurollarni ko‘paytirmoqda va ulardan tobora xavfliroq ravishda foydalanishga majbur qilmoqda.

Ular bu urushni haqiqiy urushga aylantirishni juda xohlayapti va Rossiyani Yevropa davlatlariga qarshi surmoqchi. Bu amerikaliklar va inglizlar uchun foydali”, - dedi vazir.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, u AQSHda shunday qaror qabul qilinmaguncha, Kiyevga muzokaralar olib borishga ruxsat berilmasligiga shubha qilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Lavrov G‘arb 29 mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Ukraina uchrashuvidan ikki kun o‘tib Kiyevga Moskva bilan muzokaralarni davom ettirishni taqiqlaganini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov: hozirgi vaziyatda Ukraina bilan muzokara olib borishning ma’nosi yo‘q