07:30 / 23.07.2022
1 375

Yevropadagi jazirama energiya inqirozini yanada kuchaytirmoqda

Yevropadagi jazirama energiya inqirozini yanada kuchaytirmoqda
Foto: Bloomberg
Yevropadagi deyarli har bir mamlakat 40 graduslik jazirama issiqdan aziyat chekmoqda, bunga Buyuk Britaniya yoki Shimoliy Fransiya kabi odatda salqin bo‘ladigan mintaqalar aholisi tayyor emas edi, deb yozmoqda Forbes.

G‘ayrioddiy yuqori harorat o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘lib, mamlakatlarda favqulodda holat e’lon qilinmoqda.

Buyuk Britaniyada temir yo‘l erishi xavfi tufayli bir qancha poyezdlar qatnovi bekor qilingan, ba’zi maktablar esa bolalar darslardan ozod qilgan.

Ispaniya va Portugaliyada jazirama tufayli o‘rmon yong‘inlari avj oldi, Fransiyada esa ikkita o‘rmon yong‘inidan kelib chiqqan xavf Bordo yaqinidagi kurortdan 16 mingdan ortiq dam oluvchilarni evakuatsiya qilinishiga sabab bo‘ldi.

Yevropadagi issiqlik to‘lqini energiya inqiroziga to‘g‘ri keldi. Iyul oyi o‘rtalaridan boshlab «Gazprom» «Shimoliy oqim» orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatdi va buni gaz turbinasiga texnik xizmat ko‘rsatish bilan izohladi.

Ta’minot bilan bog‘liq fors-major holatlari gaz narxining o‘zgaruvchanligiga olib keldi. Issiqlik esa joylarni sovitish uchun elektr energiyasiga bo‘lgan talabni oshirdi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, iliq havo shamol quvvatini kamaytiradi, suvning yuqori harorati atom elektr stansiyalari unumdorligini pasaytiradi, daryolardagi suv sathining pasayishi esa ko‘mir yetkazib berishda uzilishlarga olib keladi.

Financial Timesga ko‘ra, bu yil qishda mintaqaning ayrim mamlakatlari isitish uchun ko‘proq ko‘mirdan foydalanadi, bu esa iqlim o‘zgarishi sabablaridan biri hisoblangan issiqxona gazlari chiqindilarining ko‘payishiga olib keladi.

Tahlilchi Rystad Energy’ning qayd etishicha, yozda yuzaga kelgan ushbu jazirama Yevropani qishgacha gaz zaxiralarini tiklashiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropadagi jazirama energiya inqirozini yanada kuchaytirmoqda