06:00 / 25.07.2022
1 184

Tunisda yangi konstitutsiyaga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda (video)

Tunisda yangi konstitutsiyaga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda (video)
Foto: Reuters
Tunisda minglab odamlar prezident Qays Said tomonidan taklif etilgan konstitutsiya loyihasiga qarshi namoyishga chiqdi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Namoyishchilar davlat rahbarining harakatlarini davlat to‘ntarishi deb atab, u hokimiyatni tortib olmoqchi, deb hisoblamoqda. Mamlakat asosiy qonuniga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum 25 iyul kuni bo‘lib o‘tishi kerak.

«Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati kuchlar muvozanatini ta’minlashdan iborat, biroq yangi konstitutsiyada prezidentga amalda cheksiz vakolatlar berilgan, unda impichment yoki hayfsan e’lon qilish mexanizmi yo‘q», — dedi Tunis aholisidan biri.

2021 yili Tunis prezidenti koronavirus inqirozi bilan kurashdagi muvaffaqiyatsizliklar sabab yuzaga kelgan ommaviy norozilik namoyishlari fonida hukumatni tarqatib yuborgan va parlament faoliyatini to‘xtatgan edi.

«Bir yil oldin men o‘zgarish tarafdori edim, ijobiy o‘zgarishlarni, mamlakatni talon-toroj qilgan o‘g‘rilarni javobgarlikka tortishni yoqlaganman. Lekin prezident konstitutsiyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yganida, uning haqiqiy yuzini ko‘rdik. Biz uning korrupsiya bilan kurashishga unchalik qiziqmasligini ko‘rdik. Shu paytgacha hech kim sudlangani yo‘q», — dedi namoyishga chiqqan tunislik ayol.

Prezidentning raqiblari orasida, birinchi navbatda, hukmron «En-Nahda» partiyasi tarafdorlari bor. Shu bilan birga, tunisliklarning salmoqli qismi davlat rahbarining harakatlarini ma’qullamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tunisda yangi konstitutsiyaga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda (video)