Nyu-Yorkda dinozavr skeleti, meteorit va Oy jinslari auksionga qo‘yildi

1 daqiqa o'qish1.4K
Nyu-Yorkda dinozavr skeleti, meteorit va Oy jinslari auksionga qo‘yildi
Foto: Sotheby’s
Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida birinchi marta gorgozavrning butun boshli skeleti sotuvga qo‘yildi, uning bahosi 5—8 million dollar. Auksionga qo‘yilgan buyumlar orasida meteoritlar, Oy jinslari va Yerdan tashqarida bo‘lib qaytgan boshqa narsalar ham bor, deb yozmoqda Daily Mail.

Sotheby’s tashkilotchilarining fikriga ko‘ra, kolleksionerlar uchun eng qiziqarli eksponatlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: 35 000 dollarga sotilishi taxmin qilinayotgan 66 million yillik tritseratops bosh suyagi, qirilib ketgan Amerika sherining 50 ming yillik bosh suyagi (eksponat 600 000 dollarga baholanmoqda) va mukammal holatda saqlanib qolgan qilich tishli yo‘lbars bosh suyagi.
Nyu-Yorkda dinozavr skeleti, meteorit va Oy jinslari auksionga qo‘yildi
Foto: Sotheby’s
Natural History guruhi gorgozavr skeletini auksionining «yulduzi» deb atamoqda. Uning o‘lchamlari balandligi 3 metr va uzunligi 7 metrni tashkil qiladi. Mutaxassislarning fikricha, uni 8 million dollarga sotish mumkin. Hozirda ushbu eksponat uchun eng yuqori taklif 3,5 million dollarni tashkil qilmoqda.
Nyu-Yorkda dinozavr skeleti, meteorit va Oy jinslari auksionga qo‘yildi
Foto: Sotheby’s
Shuningdek, kimoshdi savdosida «Apollon» missiyasida qatnashgan astronavt Bazz Oldrinning shaxsiy buyumlari – parvoz kurtkasi (boshlang‘ich narxi 700 000 dollar), quloqchinlar va u Oyga qo‘nuvchi Eagle dvigatellarini ishga tushirishda foydalangan ruchka ham bor. Ruchka 2 million dollarga sotilishi kutilmoqda.
Nyu-Yorkda dinozavr skeleti, meteorit va Oy jinslari auksionga qo‘yildi
Foto: Sotheby’s
Auksionda koinotga oid yana bir toifa eksponatlar — osmondan sayyoramizga tushgan meteorit parchalaridir. Ulardan biri 1969 yil 8 fevralda Yerga tushgan Alende meteoritining parchasi. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu bo‘lakda quyosh tizimi paydo bo‘lishidan oldin o‘ta yangi yulduzlar portlashi paytida yaralgan zarralar mavjud bo‘lib, u odam qo‘liga yetib kelgan eng qadimgi materiyadir.
Nyu-Yorkda dinozavr skeleti, meteorit va Oy jinslari auksionga qo‘yildi
Foto: Sotheby’s
Eksponatlar orasida meteorit bilan to‘qnashuvdan keyin qulab tushgan Oy yuzasining mayda bo‘lagi ham bor.
Onlayn auksionga 20 iyulda start berilgan, jonli savdolar 28 iyuldan boshlanadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?