09:18 / 26.07.2022
2 100

Zaxarova AQSH iqtisodiyoti sekinlashishini Leninning o‘limiga qiyosladi

Zaxarova AQSH iqtisodiyoti sekinlashishini Leninning o‘limiga qiyosladi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSH Moliya vaziri Janet Yellenning Amerika iqtisodiyotining holati haqidagi so‘zlariga izoh berdi. U o‘z fikrini Telegram kanalida yozib qoldirgan.

Kecha, 24 iyul kuni AQSH moliya vaziri mamlakat iqtisodiyotining sekinlashganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, inflyatsiyaning yuqori darajasiga qaramay, gap retsessiya haqida emas, balki “tezkor o‘sishdan keyingi zaruriy hodisa” haqida boryapti.

1924 yilda ko‘pchilik Lenin o‘lmaganiga, balki u yaxshi vaqtga qadar uxlab qolganiga amin edi”, - deb yozadi Zaxarova.

Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiya bosimini kuchaytirdi. Ko‘pgina davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qilishdi, Rossiya energiyasidan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Bu choralar Qo‘shma Shtatlar va Yevropa uchun muammoga aylandi va oziq-ovqat hamda yoqilg‘i narxining oshishiga olib keldi.

Vladimir Putin ta’kidlaganidek, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba bo‘ldi va hozirgi voqealar G‘arbning global hukmronligi ustidan chiziq tortmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zaxarova AQSH iqtisodiyoti sekinlashishini Leninning o‘limiga qiyosladi