date
views 1 559

Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida Ukraina masalasi qanday muhokama qilingani aytildi

Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida Ukraina masalasi qanday muhokama qilingani aytildi
Foto: Akipress
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kuluboyev to‘rtinchi maslahat uchrashuvida Ukraina masalasi muhokama qilinganmi yoki yo‘qligini ma’lum qildi, deb yozadi Akipress.

«Mintaqaviy hamkorlik globallashuv bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, qaynoq nuqtalar - Ukraina va Rossiya, bizni o‘rab turgan Afg‘onistondir. Shu munosabat bilan har bir davlat o‘z xavotirini bildirdi: birinchidan, biz Markaziy Osiyoda xavfsizlikni qanday saqlab qolishimiz mumkin, ikkinchidan, globallashuv va ziddiyatli vaziyatlar sharoitida qanday hamkorlik qilishimiz mumkin, uchinchidan, Rossiya va Ukraina qanday muzokaralar olib bormoqda va ular qachon tugaydi. Shu masalalar ko‘rib chiqildi», dedi u.

Kuluboyevning ta’kidlashicha, barcha tomonlar mojaro tezroq tugashidan manfaatdor, chunki bu barchaga ta’sir qiladi.

«Birinchidan, tranzit tashish masalasi, Yevropaning barcha samolyotlari Rossiya ustidan ucha olmaydi va boshqa yo‘llar bilan Markaziy Osiyoga kelyapti. Ikkinchidan, Markaziy Osiyoga yetkazilishi kerak bo‘lgan barcha tovarlar boshqa yo‘llar orqali o‘tyapti, shu orqali mahsulot, tovar va boshqalar narxi oshyapti. Biz batafsil muhokama qilmadik, biroq hamma mojaroning tezroq tugatilishi tinch hamkorlikdan manfaatdor bo‘lgan barcha mamlakatlar manfaatlariga mos kelishini ta’kidladi», — deya xulosa qildi u.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida Ukraina masalasi qanday muhokama qilingani aytildi