
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden va XXR raisi o‘rtasidagi telefon orqali muloqot ikki soatdan ko‘proq davom etdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
"Baydenning Si Szinpin bilan telefon orqali muloqoti yakunlandi, ular 2 soat 17 daqiqa suhbatlashishdi", - deyiladi xabarda.
Bu ikki mamlakat yetakchilarining beshinchi va mart oyidan buyon birinchi suhbati hisoblanadi.
Oxirgi vaqtda AQSH vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga bo‘lajak tashrifi sababli Xitoy va Qo‘shma Shtatlar orasidagi keskinlik kuchaydi. Xitoy mudofaa vazirligi tashrif amalga oshadigan bo‘lsa keskin choralar ko‘rish bilan tahdid qildi, AQSH esa Janubiy Xitoy dengiziga aviatashuvchi kemalarini jo‘natdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar