Foto: DPA / Jens Buttner
Germaniya, Vengriya va Italiya qiruvchi samolyotlari 1 avgust kuni NATOning Baltic Air Policing missiyasi doirasida Boltiqbo‘yi mamlakatlari havo kengliklarida patrullik qilishni boshladi. Germaniya federal Mudofaa vazirligi 1 avgust, dushanba kuni o‘zining tvitterida HHKning xizmatga kirishishi haqida ma’lum qildi.
«Bugundan boshlab Germaniya HHK Boltiqbo‘yi mamlakatlari havo hududini qo‘riqlashni o‘z zimmasiga oladi. Bundesver 2005 yildan beri Air Policing’da - xalqaro havo hududida xavfsizlik va Boltiqbo‘yi davlatlari milliy suverenitetini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda ishtirok etib keladi», - deyiladi vazirlik bayonotida.
Yangi kontingentlar aprel oyidan beri mintaqada patrullik qilayotgan Belgiya, Fransiya va Ispaniya bo‘linmalari o‘rnini bosadi, deya bildirdi NATO. «Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi Yevropa xavfsizligini tubdan o‘zgartirgan bir paytda, NATO qiruvchi samolyotlari kecha-yu kunduz ittifoqchilar havo hududini himoya qilishga tayyor. Biz doimo hushyor holatdamiz», - deb ma’lum qildi Shimoliy Atlantika alyansi rasmiy vakili Oana Lungesku.
NATO bo‘yicha ittifoqchilar Estoniya, Latviya va Litva osmonini 2004 yilda ittifoqqa qo‘shilganidan beri navbatma-navbat qo‘riqlab keladi, sababi bu uchala davlatning o‘z qiruvchi samolyotlari yo‘q. NATO missiyasi doirasida, agar chet el samolyotlari parvoz qoidalariga rioya qilmasa yoki aviadispetcherlar bilan aloqaga chiqmasa, qiruvchi samolyotlar osmonga ko‘tariladi.
«NATO tezkor reaksiya bildiruvchi samolyotlari ittifoqchilar havo kengliklariga tahdid solishi mumkin bo‘lgan har qanday samolyotni to‘xtatib qolish uchun bir necha daqiqa ichida havoga ko‘tarilishga tayyor», — deya ta’kidlab o‘tgan alyans. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan alyans havo patrullari sonini yanada oshirdi, deyiladi NATO xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»