Foto: UN News
Rossiya bosqini oqibatida Ukraina infratuzilmasiga yetkazilgan zarar qiymati 108 mlrd dollarga teng, tiklash ishlari uchun esa kamida 185 mlrd dollar kerak. Ushbu ma’lumotlarni Kiyev iqtisodiyot maktabi yangi tadqiqotida e’lon qildi.
Umumiy zararda eng katta ulush — zarar yetkazilgan yoki vayron qilingan turarjoylar. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aholi turarjoylarining kamida 129,9 mingtasiga zarar yetkazilgan yoki vayron qilingan, shundan 114,7 mingtasi — xususiy uylar, 15,1 mingtasi — ko‘p xonadonli uylar.
Ukraina mudofaa vazirligi bugun, seshanba kuni «Tvitter»da yozishicha, Rossiya bosqini oqibatida kamida 140 mingta uy vayron qilingan.
Kiyev iqtisodiyot maktabi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya 24 fevral (urushning 1-sanasi)dan beri Ukrainada shikast yetkazgan, vayron qilgan yoki egallab olgan ob’ektlar:
- 388 ta korxona;
- 43,7 mingta qishloq xo‘jaligi texnikasi;
- 1991 ta do‘kon;
- 511 ta ma’muriy bino;
- 18 ta fuqarolik aeroporti;
- 105,2 mingta yengil avtomobil;
- 764 ta bolalar bog‘chasi;
- 634 ta madaniy inshoot;
- 27 ta savdo markazi;
- 28 ta neft bazasi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi