Foto: Turkish Presidential Press Service, via Getty Images
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Vladimir Putinga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Turkiyada uchrashishni taklif qilganini aytdi. Bu haqda TRT Haber telekanali xabar berdi.
«Men janob Putinga biz uning janob Zelenskiy bilan uchrashuvini tashkil etishimiz mumkinligini yana bir bor eslatdim. Biz mintaqaviy va global tinchlikka hissa qo‘shish uchun Rossiya, Qora dengizdagi qo‘shnimiz bilan barcha sohalardagi muloqotimizni davom ettiramiz», — dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidenti g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv tuzilishini Moskva va Anqara muloqotining ijobiy natijasi namunasi deb atadi.
«Hozirda reja kerakli tarzda amalga oshirilishi va ijobiy muhit Istanbuldagi muzokaralarga qaytish bo‘yicha aniq qadamlarga aylanishi muhim hisoblanadi. Men boshidanoq Ukrainadagi nizoda g‘oliblar bo‘lmasligini ta’kidlaganman. Ayrim qiyinchiliklarga qaramasdan, inqiroz muzokaralar stolida hal bo‘lishiga qat’iy ishonaman», — deb ta’kidladi u.
5 avgust kuni Sochida Putin va Erdo‘g‘an uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari qo‘shma bayonot qabul qildi. Ular o‘zaro savdo hajmini oshirish, transport, savdo, iqtisodiyot, energetika, qishloq xo‘jaligi, sanoat, moliyat, turizm va qurilish sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi. Xususan, Rossiya va Turkiya Anqara Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirishni boshlashiga kelishishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»