08:00 / 07.08.2022
1 528

Afrikaga ommaviy ocharchilik tahdid qilmoqda

Afrikaga ommaviy ocharchilik tahdid qilmoqda
Birgina Somalining sakkizta hududi ommaviy ocharchilik xavfi ostida.

Mutaxassislarning fikricha, agar mamlakatda qurg‘oqchilik va asosiy tovarlar narxining oshishi davom etsa, insonparvarlik yordami aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yetkazilmasa, joriy yilning sentabr boshida mamlakat aholisi shunday xavfga duch keladi.

O‘tgan yanvar oyidan buyon mamlakatning 900 mingdan ortiq aholisi qurg‘oqchilik va turmush sharoiti yomonlashgani sababli ichki migratsiya lagerlariga joylashtirilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining aytishicha, ularga zudlik bilan yordam ko‘rsatish zarur. Buning uchun 131,4 million dollar kerak. Hozirda tashkilotning Somalida ocharchilikning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlari atigi 46 foiz moliyalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikaga ommaviy ocharchilik tahdid qilmoqda