
Sochida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Checheniston rahbari Ramzan Qodirov uchrashuv oʻtkazdi. Qodirovning oʻzi bu uchrashuvni norasmiy deb atagan.
Suhbat chogʻida Qodirov va Shoygu maxsus operatsiya bilan bogʻliq vaziyatga toʻxtalgan. Qodirovning soʻzlariga koʻra, Shoygu bilan muloqot chogʻida Ukraina hududidagi hujum operatsiyalari bilan bogʻliq masalalar muhokama qilingan.
Ayni paytda Ukrainada Rossiya Qurolli kuchlarining maxsus operatsiyasi davom etmoqda. 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning boshlanishini e'lon qildi. Uning soʻzlariga koʻra, harbiy harakatlardan maqsad qoʻshni davlatni demilitarizatsiya qilish va uning hokimiyatini denaziyalashtirishdir.
Operatsiyani oʻtkazish qarori AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalarga sabab boʻldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!