Yevropada elektr energiyasi narxlari iyul oyida rekord darajada ko‘tarildi va bu davom etmoqda. Vaziyat yuqori energiya to‘lovlari bilan kurashayotgan iste’molchilarga bosim o‘tkazyapti.
Mamlakatlar jazirama va yaqin yillar ichida Rossiya energiyasiga qaramlikdan halos bo‘lish uchun kurashmoqda. Buning oqibatida energiya ta’minoti borasida qiyinchiliklar tug‘ilyapti, bu esa narxlarning yanada oshishiga bir sabab.
Birgina Fransiyada mamlakat sotib olayotgan 1 kVt elektr energiyasi narxi 543 yevro (6 023 so‘m)ga chiqib, rekordni qayd etdi. Germaniyada bu 414 yevro (4 512 so‘m)ga teng.
«Daryo» boshqa mamlakatlardagi narxlar bilan tanishib chiqdi. Qulaylik uchun barcha narxlar so‘mda ko‘rsatilgan.
O‘zbekistonda 1kVt elektr energiyasi narxi 295 so‘mga teng.
Dunyoning ayrim mamlakatlarida 1kVt elektr energiyasi narxi quyidagicha:
- Qirg‘izistonda 1 kVt elektr energiyasi narxi — 112,9 so‘m;
- Qozog‘istonda 1 kVt elektr energiyasi narxi— 456,6 so‘m;
- Tojikistonda 1 kVt elektr energiyasi narxi— 250 so‘m;
- Rossiyada 1 kVt elektr energiyasi narxi — 826,3 so‘m;
- Turkiyada 1 kVt elektr narxi — 554,5 so‘m;
- AQSHning turli shtatlarida narxlar o‘zgarib turadi, o‘rtacha hisobda 1 kVt elektr energiyasi — 1 761 so‘m;
- Janubiy Koreyada esa 1 kVt elektr energiyasi narxi 1 087 so‘mni tashkil etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi