1 580
Qozog‘istonda O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tish rejalashtirilgan 45 mln dollarlik benzin aniqlandi
Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi xodimlari katta miqdordagi neft mahsulotlarining mamlakat hududidan O‘zbekistonga noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yilganini ma’lum qildi.
Agentlik xabariga ko‘ra, Pavlodar viloyatida hajmi 280 tonna, qiymati esa qariyb 90 million tenge (taxminan 187,3 ming AQSH dollari) bo‘lgan neft mahsuloti olib ketayotgan 5 ta vagon qo‘lga olingan.
Yonuvchan aralashma niqobi ostida O‘zbekistonga eksport qilinayotgan ushbu vagonlardagi yuk, mutaxassislarning fikricha, K-4 ekologik sinfidagi AI-95 benzini bo‘lib chiqqan.
Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy qiymati 45 million AQSH dollari bo‘lgan 50 ming tonna yoqilg‘i noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatdan olib chiqib ketilishi rejalashtirilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda. Tergovga tegishli boshqa ma’lumotlar oshkor etilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi