Ingliz klublari liga tizimining ikkinchi toifasi bo‘lgan EFL chempionatining (chempionship) yangi mavsumini boshlar ekan, Blekbern Rovers stadionda o‘yinlarga tashrif buyuradigan musulmon muxlislar uchun maxsus namozxonalar ochilishini e’lon qildi.
Bu xabar chorshanba kuni Karabao kubogi doirasida "Xartlpul Yunayted"ga qarshi mavsumning birinchi kechasi o‘yini oldidan e’lon qilindi.
“Ushbu chorshanba kuni Xartlpul Yunaytet jamoasiga qarshi uy o‘yinimizga tashrif buyuradigan musulmon muxlislar! Biz tushunamizki, siz soat 20:55 da shom namozini o‘qishingiz kerak. Iltimos, styuarddan yo‘l-yo‘riq so‘rang, chunki biz namoz o‘qishlaring uchun alohida joy tayyorlab qo‘yganmiz”, deb yozdi Blekbern Rovers o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.
Klubning bu harakati ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi