Checheniston rahbari Ramzan Qodirov G‘arb siyosatchilariga murojaat qilib, ularga Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb dunyosi haligacha bir narsani anglay olmayapti: zamonaviy Rossiya allaqachon “Gorbachyov ittifoq respublikalari” va “fitna, taqchillik va defoltda qurilgan Yelsin hududi” bo‘lmay qolgan.
“Bu allachaqon kuchli va qudratli Rossiya, va siz, G‘arb siyosatchilari, Rossiya Federatsiyasini barbod qilish strategiyasini emas, balki G‘arb tomonidan talangan va kamsitilgan mamlakatdan 20 yildan oshiqroq vaqt ichida qudratli siyosiy tartibli, strategik maqsadlarni inobatga olgan holda yangidan tuzilgan, toblangan va bukilmaydigan davlatga aylangan mamlakat bilan hamkorlik qilish munosabatlaringizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerak”, - dedi yozdi Qodirov o‘zining telegram kanalida.
Checheniston rahbari Rossiya do‘stlashishni biladigan va dunyo mamlakatlari orasida eng yaxshi do‘st ekanini qayd etgan. U Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning "agar kimda kim mamlakatdan biror narsani uzib olmoqchi bo‘lsa, o‘zi tishsiz qolishi" haqidagi gaplarini eslatgan.
“Rossiya bilan do‘stlashishni o‘rganing – tishlaringiz esa butunligicha qoladi”, - deya xulosa qilgan Qodirov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi