14:23 / 16.08.2022
946

Tramp tintuv paytida olib qo‘yilgan hujjatlarni qaytarishni so‘radi

Tramp tintuv paytida olib qo‘yilgan hujjatlarni qaytarishni so‘radi
Uning aytishicha, FQB xodimlari tintuvlar chog‘ida qatnashishga hech kimga, jumladan, advokatlarga ham ruxsat bermagan.
Avvalroq trampning Floridadagi uyi tintuv qilingani va buning sababi ochiqlangani ma’lum qilingandi.

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zining Mar-a-Lagodagi qarorgohida tintuv o‘tkazish chog‘ida Federal qidiruv byurosi xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan hujjatlarni qaytarib berishni talab qildi.

«Men bu hujjatlarni zudlik bilan olingan joyga qaytarishni chin dildan so‘rayman. Rahmat!» deb yozgan Tramp o‘zi yaratgan Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

“Wall Street Journal”ning yozishicha, sobiq prezidentning mulkida tintuv o‘tkazilganda FQB xodimlari 11 ta maxfiy hujjatlar to‘plami, shuningdek, hujjatlar, fotosuratlar va eslatmalar solingan 20 ga yaqin qutilarni olib qo‘ygan. Musodara qilingan hujjatlar orasida Trampning sobiq maslahatchisi Rojer Stounning afv etilishi haqidagi farmon ham bor bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp tintuv paytida olib qo‘yilgan hujjatlarni qaytarishni so‘radi