16:16 / 17.08.2022
1 051

AQSH qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazib, yadroviy tiyib turish kuchlarini tekshirdi

AQSH qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazib, yadroviy tiyib turish kuchlarini tekshirdi
Foto: Anadolu Agency
AQSH 16 avgust, seshanba kuni yadroviy tiyib turish qurolining jangovar shayligini tekshirish uchun Minuteman III qit’alararo ballistik raketasini yana bir marta sinovdan o‘tkazdi, deb yozadi «Interfaks» AQSH Harbiy-havo kuchlari Global zarba qo‘mondonligiga tayanib.

Bir nechta yadroviy jangovar kallaklarni tashishga qodir raketa «yadro kuchlari shayligini namoyon qilish hamda milliy yadroviy tiyib turish tizimining halokatli va samaraliligiga ishonch hosil qilish uchun» Kaliforniya shtatidagi Amerika Kosmik kuchlari bazasidan Toshkent vaqti bilan 12:49 da uchirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa jangovar kallaklari 6,76 ming km masofani bosib o‘tib, Tinch okeani markaziy qismida joylashgan Kvajaleyn atolli yaqinida Amerika poligonidagi nishonga borib tekkan.

12 ming km masofali Minuteman III AQSH strategik yadro kuchlari tarkibida shaxtadagi bazaga tayanuvchi yagona qit’alararo ballistik raketa hisoblanadi.

Ayni paytda AQSH tasarrufida 400 ta shunday raketa bo‘lib, ularning har biri uchtagacha yadroviy jangovar kallaklarni tashiy oladi. Ushbu raketalar 341-raketa qanoti tarkibida Montana shtatidagi Malstrom aviabazasi, 90-raketa qanoti tarkibida Vayoming shtatidagi Uorren aviabazasi va 91-raketa qanoti tarkibida Shimoliy Dakota shtatidagi Maynot aviabazasi yaqinidagi pozitsiyalarda jangovar navbatchilikni olib boradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazib, yadroviy tiyib turish kuchlarini tekshirdi