Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Qrimda “Hizb ut-Tahrir al Islomiy”* xalqaro terrorchilik tashkiloti yacheykasi faoliyatining oldini oldi.
“Rossiya FXX xodimlarining muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlari natijasida Djankoy, Yalta shaharlarida olti nafar Rossiya fuqarosidan iborat terrorchilik tashkiloti yashirin yacheykasining faoliyatiga chek qo‘ydi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, ular Ukrainadagi emissarlar ko‘magida Rossiyada terrorchilik aqidalarini tarqatish ishlarini olib borishgan va o‘z saflariga mahalliy musulmonlarni jalb qilishgan.
Qo‘lga olinganlarning uyidan Rossiyada taqiqlangan materiallar, aloqa vositalari va elektron axborot tashuvchi vositalar musodara qilingan.
Hozir ularga qarshi Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilgan.
“Hizb ut-Tahrir al Islomiy”* dunyoning ko‘plab mamlakatlarida taqiqlangan. Rossiyada u Oliy sudning 2003 yildagi qarori bilan taqiqlangan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan xalqaro terrorchilik tashkiloti “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?