Foto: Prashanth Vishwanathan / Bloomberg
Qurg‘oqchilik va jazirama paxta narxining oshishiga olib keldi, bu esa kiyim-kechak va qog‘oz narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Dunyo bozorida paxta eksportining 50 foiziga ega AQSH va Braziliya muammolarga duch kelmoqda.
Jahonda paxta narxi 30 foizga oshdi, bu 2011 yildan buyon rekord ko‘rsatkich. Bunga g‘ayritabiiy issiq ob-havo va qurg‘oqchilik sabab bo‘ldi, shu bois paxta yetishtirish bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlat Hindiston endi uni import qilishga majbur, deb yozdi Bloomberg.
Jahonda paxta eksporti bo‘yicha Braziliya ikkinchi (17 foiz), AQSH birinchi (33 foiz) o‘rinni egallab turibdi. Joriy mavsumda Qo‘shma Shtatlarda paxta yetishtirish 28 foizga kamaydi, bozor hajmi 2009-2010 yillar mavsumidan beri eng past darajaga tushishi kutilmoqda. Braziliyada ham hosil hajmi 30 foizga qisqargan.
Paxta narxining oshishi va ishlab chiqarish hajmining qisqarishi qator tovarlar – futbolkalar, tagliklar, qog‘oz, karton va boshqa mahsulotlar narxining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Amerikaning Children's Place kiyim-kechak reteyleri bosh direktori Jeyn Elfers investorlar bilan bo‘lgan suhbatda paxta ta’minotining hozirgi holati «katta, juda ham katta muammo» ekanini aytgan.
Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, qurg‘oqchilik tufayli yaroqsiz holga kelgan paxta maydonlarining ulushi 40 foizga yetadi. Fermerlar 12,5 million gektar yerga ekin ekishgan, biroq paxta hosili atigi 7 million gektardan yig‘ib olinadi. Tahlilchilar bu yil AQSH paxta hosili o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28 foizga kamayishini va hosil hajmi 1868 yildan beri eng kam bo‘lishini taxmin qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi