
Foto: Getty Images
Hindiston politsiyasi «Dehlilik Robin Gud» laqabi bilan mashhur jinoyatchini qo‘lga tushirdi.
Vashim Akram (Robin Gud) o‘zining 25 kishilik jinoiy to‘dasi bilan boy xonadonlarga tushib, naqd pul va qimmatbaho taqinchoqlarni o‘marib kelgan, o‘g‘irliq narsalardan kambag‘allarga ham ulashgan. Bu haqda politsiya bayonotida aytilgan.
Biroq o‘rta asr ingliz afsonasi qahramonidan farqli o‘laroq, Akram chinakam jinoyatchi bo‘lib chiqdi. U sodir etgan 160 ga yaqin jinoyatlar orasida odam o‘ldirishga va nomusga qasd qilishga urinishlar ham yo‘q emas. Bu ko‘proq Alibobo kurashgan qirq qaroqchini eslatadi.
Politsiya 27 yoshli jinoyatchini tutish uchun to‘rt oy urindi. 19 avgust kuni Dehlidagi temiryo‘l stansiyasida odamlaridan biri bilan uchrashgan Akram qo‘lga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar