11:08 / 23.08.2022
1 955

Britaniyalik professor: «Islom dinining boshqa dinlardan farqi juda katta ekanligini angladim»

Britaniyalik professor: «Islom dinining boshqa dinlardan farqi juda katta ekanligini angladim»
«Psixologiya va unga aloqador fanlarni o‘rganish jarayonida, men Psixologiya va ma’naviy tadqiqotlar jamiyati prezidenti sifatida dinlar bilan yaqindan tanishdim. Hinduizm, buddizm va boshqa din va e’tiqodlarni o‘rgandim. Islomni o‘rganganimda esa, uni boshqa dinlar bilan taqqoslay boshladim.

Qur’ondagi tibbiy jihatdan noyob hodisalarga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etganimda Islom dinining boshqa dinlardan farqi juda katta ekanligini angladim. Shundan so‘ng Islom dini mening ichki tabiatim va xatti-harakatlarimga eng mos keladigan din ekanligiga amin bo‘ldim Yaratguvchi yani Xudo olamni boshqarayotganini his qildim.

Islomni o‘rganish jarayonida bu dinni hech ham aql va ilmga zid emasligini aniqladim. Men Islom dini yagona Allohdan vahiy ekanligiga ishonaman. Shu haqiqatni anglab o‘sha paytda shaxodat keltirdim. Aytgan vaqtim ichimda g‘alati va ta’riflab bo‘lmaydigan, yengillik, qulaylik va qoniqish tuyg‘ularini his qildim
».
Britaniya professori, psixologiya va ruhiy tadqiqotlar jamiyati prezidenti, doktor Artur Alison.

Doktor Alison moddiy dunyo hozir inqirozga yuz tutganini, hamma narsa materialistik nuqtai nazaridan olib qaralsa bu hodisalarni noto‘g‘ri talqin qilishini ta’kidlaydi. U yana musulmonlar zimmasida katta mas’uliyat borligini va aynan musulmonlar adashgan hamda sarosimaga tushib qolgan insoniyatni o‘zgartirishga harakat qilishlari kerakligini ta’kidlaydi.

1985 yilda doktor Alison Qohirada bo‘lib o‘tgan Qur’ondagi tibbiy noyob hodisalarga bag‘ishlangan Birinchi xalqaro konferensiyaga taklif qilinadi. Ushbu anjumanda Alison ikkita mavzuda ma’ruza qiladi:

1) Qur’onning talqinida terapiyaning psixologik va ruhiy usullari;
2) Qur’onninng 39-surasi 42-oyati nuqtai nazaridan uyqu va o‘lim.

Qolaversa, ma’lumki uni Qur’onda keltirilgan ko‘plab ilmiy dalillar, ammo shu narsalar uni dunyoga boshqacha qarashga majbur qildi.

Konferensiya yakunida professor Alison islom haq din ekanligini ta’kidlaganini va shundan so‘ng shahodat kalimasini keltirganini aytib o‘tadi:

"Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad sollallohu alayhi vasallam uning payg‘ambaridir".

Manba: Muslim_Mind

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik professor: «Islom dinining boshqa dinlardan farqi juda katta ekanligini angladim»