1 655
Rossiya armiyasining Ukrainadagi temiryo‘l stansiyasini o‘qqa tutishi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi
Foto: TASS
Chapline posyolkasida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi. Halok bo‘lganlar orasida ikki bola ham bor. 30 dan ortiq odam jarohatlangan, dedi Zelenskiyning ofisi rahbari o‘rinbosari.
Dnepropetrovsk oblastining Chapline posyolkasidagi temiryo‘l stansiyasi va turar joy sektorining Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 25 kishini tashkil etdi, halok bo‘lganlarning ikki nafari bolalardir. Bu haqda 25 avgust, payshanba kuni Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 11 yoshli bola uy vayronalari ostida, 6 yoshli bola esa stansiya yaqinida yonib ketgan mashina ichida halok bo‘lgan. Hammasi bo‘lib, otishma oqibatida 31 kishi yaralangan, deya qo‘shimcha qildi Timoshenko.
Posyolkadagi qidiruv-qutqaruv ishlari ertalab yakunlandi. Jarohat olganlar orasida 10 nafar tinch aholi vakili, jumladan, ikki nafar bola ham bor, deya xabar berdi Ukraina Bosh prokuraturasi. Bir necha soat oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy BMT Xavfsizlik kengashida video-aloqa orqali nutq so‘zlab, 50 ga yaqin odam jarohatlanganini ma’lum qilgan edi.
Dneprbo‘yi temiryo‘lida joylashgan Chapline stansiyasiga raketa zarbalari 24 avgust kuni - Ukraina mustaqilligi e’lon qilingan kun munosabati bilan amalga oshirildi. O‘qqa tutilganidan ko‘p o‘tmay, Zelenskiy «to‘rtta yo‘lovchi vagoni» yonayotganini ma’lum qildi. Ukraina prezidenti qurbonlar soni ortishi mumkinligidan ogohlantirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi