Foto: Getty Images
Yel universiteti tadqiqotchilarining hisobotiga ko‘ra, 2022 yil mart oyidan beri Rossiya Donetsk oblastida ukrainaliklar uchun kamida 21 ta filtratsion lagerni tashkil qilgan. Hujjat 25 avgust, payshanba kuni AQSH Davlat departamenti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Conflict Obseratory loyihasi saytida e’lon qilindi.
Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlar va masofadan zondlash axborotlaridan foydalangan holda tadqiqotchilar «yuqori darajadagi ehtimollik bilan» 21 ta filtratsion lager joylashganini aniqladi. Ular aniqlangan ob’ektlarni to‘rtta asosiy toifaga ajratdi: ro‘yxatga olish punktlari, ro‘yxatga olishni kutayotgan shaxslarni saqlash joylari, tergov izolatorlari va uzoq muddatli saqlash joylari sifatida xizmat qiluvchi qamoqxonalar.
«Tinch aholining tashqi dunyodan uzib qo‘yilgan holda qo‘lga olinishi xalqaro gumanitar huquqning buzilishidan ko‘ra ko‘proq narsadir», - deydi tadqiqot mualliflaridan biri Kave Xoshnud. «Ushbu hisobotda hujjatlashtirilgan hibsda saqlash sharoitlari antisanitariya, oziq-ovqat va suv yetishmasligi, tor sharoitlar va qiynoqlarni o‘z ichiga oladi», dedi u. Hisobot mualliflari mustaqil kuzatuvchilardan hujjatda tasvirlangan ob’ektlarga kirish huquqiga ega bo‘lishni talab qildi.
Bundan tashqari, Yel universiteti hisobotida Olenivka koloniyasidagi harbiy asirlarning qabri bo‘lgan ob’ektlar haqida so‘z boradi. Iyul oyi oxirida qamoqxona majmuasida ro‘y bergan portlashdan so‘ng 53 ukrainalik harbiy asir halok bo‘ldi. Moskva va Kiyev bunda bir-birini ayblamoqda.
Rossiyaning AQSHdagi elchixonasi ushbu xabarga munosabat bildirdi va materialni «soxta» deb atadi. Diplomatik missiya AQSH Davlat departamenti rossiyalik harbiylarning Ukrainadagi harakatlarini obro‘sizlantirish maqsadida ma’lumot tarqatayotganini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi