
Foto: Global Look Press
AQSHning Kaliforniya shtatida 2035 yildan benzinli dvigatelli yangi mashinalarni sotish taqiqlanadi. Shtat ma’muriyati iqlim o‘zgarishlariga qarshi va havo tozaligi uchun shunday kurashmoqda.
CNBC yozishicha, benzin yoquvchi eski avtomobillar taqiqqa tushmaydi: ularni minish, ikkilamchi bozorda sotish va sotib olish mumkin.
Shtat gibrid mashinalar sonini ham tinmay qisqartirib borishni rejalashtirgan. 2035 yilga borib gibrid mashinalarning bozordagi ulushi 20 foizgacha pasayib, elektromobillar va vodorodda yuruvchi avtolarning ulushi 68 foizga yetishi kutilyapti.
Ekspertlarga ko‘ra, bu choralar natijasida 2040 yilga borib havoning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi 50 foizgacha qisqaradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar