22:19 / 28.08.2022
1 566

Qrimning bir qator rasmiylari o‘z oilalarini yarimoroldan olib ketgani ma’lum qilindi

Qrimning bir qator rasmiylari o‘z oilalarini yarimoroldan olib ketgani ma’lum qilindi
Foto: «TASS»
Qrimning bir qator rasmiylari o‘z oilalarini yarimoroldan olib ketgan. Bu haqda Qrim-tatar xalqi yetakchisi Mustafo Jemilev «Krim.Realii» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Qrim bosh vaziri deb ta’riflanuvchi Sergey Aksenov va spiker Vladimir Konstantinov hududdan oilalarni olib ketgan, bundan tashqari yarimoroldagi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari ham u yerdan o‘z odamlarini olib chiqqan.

«Qrimdagi kayfiyat har xil, albatta. Vahima — Rossiya tomonidan yirik mashinalar oqimini o‘zingiz ko‘rdingiz. Menga Aksenov va Konstantinovning oilalari olib ketilganini aytishdi. FXX xodimlari ham odamlarini olib ketishdi. Bu yaxshi belgi.

Qrim tatarlari esa bir-birlarini ziyorat qilib, yaxshi yangilik munosabati bilan qahva ichmoqda
», — dedi Jemilev.

Uning ta’kidlashicha, agar yarimorolda jangovar harakatlar boshlansa, Ukrainaning harakatlari Rossiyaning bosqin paytidagi harakatlari kabi bo‘lishini tasavvur qilish qiyin.

Qrim 2014 yilda referendum natijasida Rossiya tarkibiga kirgan. Ukraina va G‘arb davlatlari rasmiylari ovoz berish natijalarini tan olmaydi. Rossiya yarim orolga egalik masalasini yopiq deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qrimning bir qator rasmiylari o‘z oilalarini yarimoroldan olib ketgani ma’lum qilindi