1 402
Kripto birjasi mijozga 100 dollar o‘rniga tasodifan 10,5 million dollar o‘tkazganini 7 oydan keyin bilib qoldi
Foto: Crypto
Eng yirik kriptovalyuta birjalaridan biri «Crypto.com» o‘z mijoziga yanglishib 100 dollar o‘rniga taxminan 10,5 million dollar o‘tkazib yuborgan. Ayol pulning bir qismini sarflashga muvaffaq bo‘lgan — kompaniya olti oydan ko‘proq vaqt davomida bu yo‘qotishni sezmagan. Endi pul sud orqali qaytarilishi kerak.
Vaziyat 2021 yilning may oyida Melburndan kelgan mijoz «Crypto.com» saytidan 100 AQSH dollari miqdoridagi pulni qaytarishni so‘raganida yuz bergan. Biroq uning hisob raqamiga yanglishib 10,5 million dollar tushirilgan.
Katta transferga qaramay, yil oxiridagi auditdan oldin, yetti oy davomida xatolikni hech kim sezmagan. Bu vaqt ichida ayol pulni naqd qilishga va hatto 1,35 million dollarga shahar chekkasidan uy sotib olishga, qarindoshga ham uy sovg‘a qilishga va summaning bir qismini shaxsiy hisob raqamlari o‘rtasida taqsimlashga muvaffaq bo‘lgan.
Birja mijozi sotib olgan Kreygiberndagi saroy
Foto: TJournal
Kompaniya xatoni aniqlaganida, mijoz o‘zlashtirilgan pulni qaytarishi kerak edi.
Avgust oyida sud birinchi marta ayoldan yangi sotib olgan uyini sotish va olingan mablag‘larni birjaga qaytarishni talab qiladigan ish bo‘yicha qaror chiqardi. Qolgan summa uchun sud keyinroq qo‘shimcha qaror chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi