
Ye-9 vizasi asosida Koreya Respublikasiga ishchilarni yuboruvchi davlatlarga ajratilgan kvotalarni oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Janubiy Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) tomonidan Changvon shahrida Ye-9 vizasi asosida ishchi kuchi yuboruvchi 16 davlat diplomatik korpus vakillari ishtirokida 2022 EPS Conference konferensiyasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Mazkur tadbirda O‘zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Kvanju shahridagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Koreyada mehnat faoliyatini olib borayotgan chet ellik ishchilar orasida ish vaqtida baxtsiz hodisalar oldini olish bo‘yicha xabardorlikni oshirish yuzasidan Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK), Koreya mehnat xavfsizligi va salomatligi agentligi (KOSHA) va 16 davlat diplomatik korpus vakillari o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Konferensiya tashkilotchilari istiqbolda Ye-9 vizasi asosida Koreyaga ishchilarni yuboruvchi davlatlarga ajratilgan kvotalarni oshirish masalasi ko‘rib chiqilishini bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar