10:39 / 02.09.2022
1 257

Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchilari afv etiladi

Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchilari afv etiladi
Qozog‘istonda yanvar oyida ro‘y bergan namoyishlarda ishtirok etganlarga bir martalik amnistiya qo‘llaniladi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim Jo‘mart Toqayev Qozog‘iston xalqiga Murojaatnomasida aytib o‘tdi.

«Bizga milliy birlik havodek zarurdir. Namoyishlarda qatnashganlar ham, kuch tuzilmasi xodimlari ham bizning fuqarolarimiz. Ular nafaqat sud adolatli bo‘lishiga, balki jamiyat kechirimli bo‘lishiga ham umid qiladilar. Davlat yanvar voqealarida ishtirok etgan, ammo og‘ir jinoyat sodir etmagan fuqarolarning jazosini yengillashtirdi. Qonunni buzganlarning ayrimlari o‘z ayblarini anglab, o‘tgan qilmishlaridan pushaymon bo‘lishdi. Menimcha, ularga kechirimli munosabatda bo‘lish yaxshiroqdir. Shuning uchun men yanvar voqealari ishtirokchilariga bir martalik amnistiya e’lon qilishga qaror qildim», — deya ta’kidladi Qozog‘iston Prezidenti.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ommaviy tartibsizliklar uyushtirishda ishtirok etgan asosiy gumonlanuvchilar, shuningdek, davlatga xiyonat qilish va hokimiyatni kuch bilan egallab olishda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan amnistiya qo‘llanilmaydi.

Shuningdek, yanvar voqealarida halok bo‘lgan fuqarolarning kam ta’minlangan oilalariga moddiy yordam ko‘rsatiladi.

«Biz bu fojiadan insonparvarlik ko‘rsatgan holda tegishli xulosalar chiqaramiz. Bu boshqa hech qachon sodir bo‘lmaydi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Yanvar voqealarida halok bo‘lgan fuqarolarning kam ta’minlangan oilalariga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Qozog‘iston xalqini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bundan buyon ham ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonaman», — degan To‘qayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchilari afv etiladi