
Foto: AP
Afg‘onistonning Hirot viloyatidagi masjidda portlash sodir bo‘ldi, deb xabar berdi «Al-Jazira» telekanali.
Mahalliy hokimiyatning ma’lumotiga ko‘ra, portlash oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan, 23 kishi jarohatlangan.
Halok bo‘lganlar orasida masjid imomi, mamlakatda taniqli diniy arbob Mujib Rahmon Ansoriy ham borligi aytilmoqda.
«Mujib Rahmon Ansoriy bir necha nafar qo‘riqchilari va fuqarolar bilan birga halok bo‘ldi»,— dedi Hirot gubernatori Hamidulla Mutavakkil.
ToloNews telekanalining xabar berishicha, portlash hudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan.
Afg‘onistonHirot viloyatiPortlash OqibatidaHalok Bo‘lganlarMasjid ImomiTaniqli Diniy Arbob O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar