
Afg‘onistonning Uruzgan viloyatida aholiga 20 yildan ortiq tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgan o‘zbek ayoli toliblardan qizlar uchun maktablarni ochishni so‘radi.
Nigora Haydarova tibbiy yordam bilan birga mamlakatdagi ko‘plab ayollarning ta’lim olishiga ham ko‘maklashib kelgan.
“Qizlar uchun maktablar ochiq bo‘lishi kerak. Ularning universitetga borishga ruxsat berilganligi xursand qilsa-da, Uruzgan viloyatida qizlarga oltinchi sinfgacha maktabga borish mumkin”, – degan u.
Nigora xotin-qizlarning ta’lim olish huquqi cheklanganidan iztirob chekayotganini aytgan. U yuzlab ayollar ruhiyat bilan bog‘liq muammolar bilan unga murojaat qilganini ta’kidlagan.
“Ishonasizmi, bu yerga ilk bor kelganimda, Uruzganda birorta ayol shifokor yoki hamshira yo‘q edi. Shuning uchun ayollarning erkaklarga qaraganda maktabga borishi muhimroq”, – deb qo‘shimcha qilgan Nigora Xaydarova.
Uruzganlik Javid Xpoplvakning so‘zlariga ko‘ra, ayollar ta’limi muammosi hal etilmas ekan, o‘tmishdagi inqiroz yana qaytariladi.
Bundan oldin toliblar hukumati qizlarning maktabga borishi harakat yetakchisining qaroriga bog‘liq ekanini aytgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar