10:50 / 09.09.2022
1 287

Karl III bugun rasman Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning yangi qiroli deya e'lon qilinadi

Karl III bugun rasman Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning yangi qiroli deya e'lon qilinadi
Foto: Reuters
Karl III (Uels shahzodasi Charlz Filipp Artur Jorj 8 sentyabrga qadar) 9 sentyabr, juma kuni rasman Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning yangi qiroli, deya e'lon qilinadi. U shu kuni xalqqa murojaat qilishi kutilmoqda, deb yozmoqda "The Times".

Charlz Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya tarixida barcha merosxoʻrlardan koʻra koʻproq tojni kutgan shahzoda hisoblanadi. Chunki u ayni paytda 74 yoshda. Charlzning bayonoti an'anaviy tarzda oʻzidan oldingi qirolning oʻlimi haqidagi shaxsiy bayonot bilan boshlanadi. Shundan keyin u qasamyod qiladi.

Shuningdek, shahzoda Uilyam va Ketrin — yangi qirollik unvonlarini ham oldi — Kornuoll gertsogi va gertsoginya. Shahzoda Charlz va Kamilla oldin ushbu unvonlarga ega edi.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Elizaveta II joriy yilning 8 sentyabr kuni kechqurun oʻzining katta buvisi qirolicha Viktoriya davrida qurilgan Shotlandiyadagi Balmoral qasrida yaqinlari qurshovida vafot etdi. Oʻtgan yilning 9 aprel kuni Qirolicha Elizaveta IIning turmush oʻrtogʻi — shahzoda Filipp 99 yoshida hayotdan koʻz yumgan edi.

Qirolichaning toʻngʻich oʻgʻli Charlz Filipp Artur Jorj yoki Charlz III darhol Buyuk Britaniyaning yangi qiroli boʻldi. Chunki u uch yoshu uch oyligida (1952 yil fevral oyida) Jorj VI vafotidan va Elizaveta II taxtga oʻtirganidan keyin Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya taxtining vorisi boʻlgan.

Buyuk Britaniyada 10 kunlik milliy motam e'lon qilindi. U tugallangach Qirolichaning dafn marosimi boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo