
Ukrainada olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiya doirasida 9 sentabrning asosiy voqealari haqida RIA Novostiga tayanib Sputnik xabar berdi.
- Rossiya Qurolli kuchlari Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida Ukraina QKning bir necha hujumlarini to‘xtatdi, Ukraina qo‘shinlari ko‘plab yo‘qotishlar bilan orqaga chekindi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
- Rossiya qurolli kuchlari Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida bir sutkada 270 dan ortiq ukrainalik jangarilarni yo‘q qildi.
- Ukraina qo‘shinlarining Xarkov viloyatini o‘qqa tutish intensivligi besh barobar oshdi, ma’muriyat rahbarining ta’kidlashicha, Izyum, Shevchenkov, Kupyansk va Balakleya aholisini evakuatsiya qilish boshlandi.
- Mudofaa vazirligi qo‘shin va texnikaning Xarkovga yo‘naltirilishi aks etgan kadrlarni e’lon qildi.
- Xarkov viloyatida HIMARS reaktiv o‘t ochish tizimi, Zaporoje viloyatida M777 gaubitsasi yo‘q qilindi.
- Ukraina qo‘shinlari Donetskdagi gospital binosini o‘qqa tutdi, juma kuni DXRdagi otishmalar oqibatida 7 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 27 nafari yaralandi.
- Rossiya MAGATE hisoboti va Zaporoje AESi bo‘yicha takliflarni o‘rganmoqda, ammo javob berish uchun vaqt kerak, dedi Rossiya TIV.
- Mariupolda Rossi Mudofaa vazirligi quruvchilari tomonidan qurib bitkazilgan yangi binolardagi kvartiralarning kalitlari egalariga topshirildi. Aynida damda dastlabki uchta ko‘p xonadonli uylar foydalanishga topshirildi.
BMT vakillarining Yelenovkaga tashrifi kechikmoqda. Esatib o‘tamiz, ushbu aholi punktida joylashgan Azovstalda taslim bo‘lgan ukrain millatchilarining vaqtincha qamoqxonasi o‘qqa tutilishi oqibatida 50ga yaqin kishi qurbon bo‘lgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar