1 612
Ukrainadagi urushning 200-kuni: Xarkivda qolgan rus texnikalari, ozod etilgan Izyumdan ilk kadrlar (foto)

11 sentabr kuni Ukraina qurolli kuchlarining Xarkiv oblastidagi qarshi hujumlariga javoban Rossiya Ukraina shaharlaridagi fuqarolik infratuzilma ob’ektlari bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi — birinchi navbatda Xarkivdagi IES-5 zarba ostida qoldi.
Natijada beshta oblast: Xarkiv, Sumi, Poltava, Dnepropetrovsk va Donetsk oblastlari to‘liq yoki qisman elektr ta’minotisiz qoldi. Bu vaqtda istilo ostidagi Zaporijjya AES so‘nggi energoblokdan uzildi. Ukrainaning ozod etilgan shaharlarida Rossiyaning o‘nlab zirhli texnikalari qolgan — ularning bir qismi shikastlangan, qolganlari chekinish vaqtida tashlab ketilgan va foydalanish uchun yaroqli hisoblanadi.
Quyida 11 sentabr, urushning 200-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kunning asosiy voqeasi. Ukraina bo‘ylab infratuzilma ob’ektlariga hujum

Ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar Xarkiv IES-5 hududida ishlamoqda. 12 sentabrga o‘tar kechasi elektr stansiyaga Rossiya tomonidan raketa zarbasi berildi. Natijada Xarkiv va Donetsk oblastlari elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA

Xarkiv IES-5 hududida rossiyaliklar raketa zarbasidan keyin chiqqan yong‘in.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA

Raketa zarbalaridan keyin Xarkiv zulmat ichida qoldi.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Balakliya atrofidagi janglar oqibatlari

Rossiya armiyasi Balakliyadan chekinish chog‘ida tashlab ketgan zirhli texnikalar. Shahar 8 sentabr kuni ukrain qo‘shinlarining Xarkiv oblastidagi keng ko‘lamli hujumi davomida ozod etildi.
Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi matbuot xizmati / Reutets / Scanpix / LETA

Ukrainalik askar Balakliyaga boruvchi yo‘lda yakson etilgan rossiyaliklar tankidan qolgan temir uyumi oldida.
AP / Scanpix / LETA

Ozod etilgan Balakliyaga eltuvchi ko‘prik shahar uchun janglar vaqtida portlatilgan.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina qo‘shini egallagan Izyumdan ilk kadrlar

Rossiyalik harbiylar 10 sentabrga o‘tar kechasi tashlab chiqqan Izyum shahri fonida suratga tushgan velosipedchi, 12 sentyabga o‘tar kechasi shahar ukrain qo‘shinlari tomonidan egallandi.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina armiyasining Xarkiv oblastida qarshi hujumga o‘tgach, Izyumdagi rossiyaliklar shaharga keluvchi yo‘llardagi ko‘priklarni portlatgan.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

Izyumlik er-xotin shahar Rossiya istilosidan ozod etilganidan keyingi kuni.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

Izyumliklar vayron bo‘lgan binolar fonida.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA
Frontning ikki tomonidagi qochqinlar

Ozod etilgan Balakliya aholisiga gumanitar yordam tarqatilmoqda.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukrainlar Xarkiv oblastining ozod etayotgan hududlaridan chiqqan qochqinlar Rossiyaning Ukraina bilan chegaradagi Belgorod oblasti Logachevka qishlog‘idagi vaqtincha joylashtirish punktida. Foto: Anton Vergun / TASS
Donetsk oblasti, Dnepr va Mikolayiv o‘qqa tutilishi oqibatlari

Donetsk oblasti Pokrovsk shahrida rossiyaliklar 12 sentabrga o‘tar kechasi yo‘llagan zarbalar oqibatida halok bo‘lgan kishi jasadini olib ketayotgan politsiyachilar. Ukraina nashrlariga ko‘ra, Pokrovskda olti kishi qurbon bo‘lgan.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Pokrovskda yashovchi Oleksiy Maksimenko rossiyaliklar zarbasidan shikastlangan uyida. 75 yoshli konchi qulog‘i yaxshi eshitmay qolgach pensiyaga chiqqan, shu tufayli portlashlar ovozini eshitmagan va uyqudan oskolkalar orasida uyg‘ongan.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Oleksiy Maksimenko va rafiqasi Mariya Trutkoning Pokrovskdagi uyi oshxonasi rossiyaliklar hujumidan keyin.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

11 sentabrga o‘tar kechasi Rossiya raketasi kelib tushgan Dneprdagi bozor ko‘rinishi.
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiyaliklarning 11 sentabrga o‘tar kechasi Dnepr bo‘ylab bergan zarbalari oqibatlari. Oblast ma’muriyati rahbari Valentin Reznichenko zarbalar aholi turar joylari hududiga kelib tushganini aytgan. Bir kishi yaralangan.
Valentina Reznichenko / Telegram

Rossiyaliklar Dneprdagi turar joy kvartallariga yo‘llagan raketa zarbalari oqibatlari.
Valentina Reznichenko / Telegram

Dneprda rossiyaliklar raketa zarbasi kelib tushgan uydagi deraza ko‘rinishi.
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA

Bolalar bog‘chasi tarbiyachisi, 49 yoshli Tamara Movchan Rossiyaning Mikolayivga yo‘llagan raketa zarbalaridan shikastlangan kvartirasida. RF armiyasi shaharni 12 sentabrga o‘tar kechasi o‘qqa tutgan, uch kishi yaralangan.
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiya tomonidan tunda yo‘llangan raketa zarbalaridan keyin o‘z kvartirasini yig‘ishtirayotgan mikolayivlik.
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiyaliklarning Mikolayivdagi aholi yashash joylariga yo‘llagan zarbasi oqibatlari.
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA
Energodarning istilo ostidagi ma’muriyati

Zaporijjya oblastidagi rossiyaliklar tomonidan istilo qilingan Energodar ma’muriyati binosi, bu shaharda Zaporijjya AES joylashgan. 11 sentabr kuni soat 3:41 da, Ukraina «Energoatom»i xabar qilishicha, stansiya Ukraina elektr tarmog‘idan to‘liq uzilgan.
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar