date
views 1 412

Rossiyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasporti olib qo‘yilib, majburan ishlatilgani aniqlandi

Rossiyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasporti olib qo‘yilib, majburan ishlatilgani aniqlandi
Foto: Telegram
Rossiyaning Tyumen viloyatida O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari olib qo‘yilib, majburan ishlatilgani aniqlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Aniqlanishicha, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Nyagan shahrida 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan. Shuningdek, o‘rmon xo‘jaligida majburan ishlatilgan va huquqlari buzilgan.

Ularning murojaati Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Xanti-Mansiysk avtonom okrugidagi vakili tomonidan o‘rganildi va Rossiyaning mutasaddi tashkilotlari bilan tezkor harakatlar natijasida hujjatlari olib berilib, huquqlari tiklandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasporti olib qo‘yilib, majburan ishlatilgani aniqlandi