08:55 / 18.09.2022
2 868

Ruminiya sobiq tashqi ishlar vaziri: «Ukraina o‘z hududlarini Vengriya, Ruminiya, Polsha va Rossiyaga bo‘lib berishi kerak»

Ruminiya sobiq tashqi ishlar vaziri: «Ukraina o‘z hududlarini Vengriya, Ruminiya, Polsha va Rossiyaga bo‘lib berishi kerak»
Ruminiya sobiq tashqi ishlar vaziri Andrey Marga o‘zining kitob taqdimotida, Ukraina o‘z hududlarining bir qismidan voz kechishi kerakligini ta’kidlagan. Bu haqda «News» xabar bermoqda.

Marganing aytishicha, Ukraina o‘z hududlarini Vengriya, Ruminiya, Polsha va Rossiyaga berishi kerak. Uning fikricha, agar bu bajarilmasa, urush boshlanadi.

- "Men to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘liq mas’uliyat bilan shuni ma’lum qilamanki, Ukraina «notabiiy chegara»larda joylashgan. U o‘z hududlarini topshirishi kerak. Aks holda jiddiy janjallar kelib chiqadi. Vengriya — Zakarpatiya, Polsha— Galisiya, Ruminiya — Bukovina va Rossiya — Donbass va Qrim. Bu Ukrainaniki emas, boshqa davlatlarning hududlari", - dedi Ruminiya sobiq tashqi ishlar vaziri Andrey Marga.

Bu ma’lumotlarga na Ruminya, na Ukraina hukumatidan hali hech kim munosabat bildirmagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo