
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19ni davolash bo‘yicha ba’zi tavsiyalarini yangiladi. Unga ko‘ra, endi koronavirusga chalingan bemorlarda ikki preparat — Sotrovimab va Kazirivimab/imdevimab dorilarini qo‘llash maqsadga muvofiq emas deya topildi.
Bu xulosa uchun xalqaro ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan chuqur laboratoriya tekshiruvlari asos bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, pandemiyaning dastlabki davrida foydalanilgan mazkur farmatsevtik mahsulotlar allaqachon eskirgan va koronavirusning so‘nggi shtammlariga qarshi yetarli samara bermaydi.
Tashkilot tavsiyalari birinchilardan bo‘lib AQSHda hayotga tatbiq etildi. Natijada har ikki preparat mamlakat farmatsevtika bozoridan chiqarib tashlandi.
Shuningdek, JSST virusga qarshi dori vositasi — Remdesivirni xastalikning og‘ir darajalarini boshdan kechirayotgan hamda statsionar sharoitda davolanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda qo‘llash yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi, deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar