11:23 / 21.09.2022
1 515

Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qildi

Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qildi
Foto: mash
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasida qisman safarbarlik e’lon qildi. Bu haqda Rossiya yetakchisi xalqqa murojaatida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning maqsadi - Rossiyani zaiflashtirish, bo‘lish va yo‘q qilish.

«Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri 1991 yil SSSRni parchalashga muvaffaq bo‘lganligini va endi Rossiya uchun vaqt keldi, deb aytishyapti», dedi u.

Qayd etilishicha, maxsus harbiy operatsiyaning asosiy maqsadlari o‘zgarishsiz qolmoqda - «LXR» to‘liq ozod qilindi, «DXR» qisman ozod qilindi.

Putin Rossiya hukumati va Mudofaa vazirligiga Donbass ko‘ngillilari va isyonchilarining huquqiy maqomini imkon qadar tezroq aniqlashni topshirdi. «Bu oddiy rossiyalik harbiylar bilan bir xil bo‘lishi kerak», dedi u.

Putin Donbass ko‘ngillilari va jangchilarini texnika va jihozlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratishni talab qildi.

«Maxsus operatsiya boshlanganidan keyin ham Kiyev Rossiyaning takliflariga ijobiy munosabatda bo‘ldi - lekin tinchlik G‘arbga mos kelmadi va Ukrainaga kelishuvlarni buzishga to‘g‘ridan to‘g‘ri buyruq berildi», dedi u.

Ta’kidlanishicha, Rossiya o‘ziga yaqin odamlarni «jallodga topshira olmaydi» va ularning o‘z taqdirini belgilash istagiga javob beradi.

Rossiya Donbass, Zaporojjya va Xerson viloyatlari aholisi tomonidan qabul qilingan qarorni qo‘llab-quvvatlashi ma’lum qilindi.

«Rossiyani, uning suvereniteti va yaxlitligini himoya qilish uchun qisman safarbarlik o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatlash zarur, deb hisoblayman. Qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmon imzolandi», dedi u.

Chaqiruv faqat zaxiradagi fuqarolarga tegishli bo‘ladi, ular maxsus operatsiya tajribasini hisobga olgan holda qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tadi.

«Safarbarlik tadbirlari bugundan boshlanadi. Maxsus operatsiyada qatnashishga safarbar qilingan shaxslar to‘lovlar va shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning maqomini oladilar. Qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmon davlat mudofaa buyurtmalari bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni nazarda tutadi», dedi Rossiya prezidenti.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo