
Maldiv polisiyasi mamlakatning sobiq prezidenti, hozirgi vaqtda esa muxolifat etakchisi hisoblangan Muhammad Nashidni hibsga oldi. Bu haqda Minivan News xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, Nashid terrorchilikda ayblanmoqda.
Hozirgi vaqtda sobiq prezidentning qarorgohi oldida uning tarafdorlari olomoni to‘plangan. Norozilik namoyishi ishtirokchilari va polisiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bermoqda.
Muhammad Nashid 2008 yili bo‘lib o‘tgan mamlakat tarixidagi ilk demokratik saylovlarda g‘olib chiqqandi.
2013 yil noyabrida esa Yamin Abdul Qayum – sobiq prezident Ma’mun Abdul Qayumning ukasi prezidentlik vakolatini bajarishga kirishgan edi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar