1 285
Dog‘istonda aholi safarbarlikka qarshi norozilik bildirdi. Politsiya havoga o‘q uzdi (video)

25 sentyabr kuni tushdan keyin Dog‘istonning Xasavyurt tumanidagi Endirey qishlog‘i aholisi Xasavyurt—Maxachqala federal avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi.
«Sprosite u Rasula» Telegram kanali xabariga ko‘ra, aholi safarbarlikka qarshi norozilik bildirmoqda. «Tut Dagestan» kanalining yozishicha, qishloqdan 110 kishi safarbarlikka chaqirilgan, aholi o‘g‘illari, ukalari va erlarini himoya qilish uchun aksiyaga chiqqan. Guvohlar olgan tasvirlarga ko‘ra, politsiya havoga o‘q uzgan holda namoyishchilarni tarqatib yuborishga harakat qilgan. Jarohatlanganlar yoki hibsga olinganlar bor-yo‘qligi, noma’lum.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) September 25, 2022
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) September 25, 2022
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) September 25, 2022
Avvalroq Yoqutistonda ayollar safarbarlikka qarshi namoyishga chiqqan edi.
Rossiyada safarbarlikka qarshi harakatlar 21 sentyabrda boshlangan. O‘sha kuni Rossiya shaharlarida 1300 dan ortiq odam hibsga olingan. «OVD-Info»ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 24 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlarda 800 dan ortiq odam hibsga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar