
Vladimir Putin safarbarlik e’lon qilganidan so‘ng, butun mamlakat bo‘ylab harbiy komissarlik va ma’muriyat binolari yoqib yuborilmoqda.
OAV tomonidan 2022 yil 21 sentyabrdan keyin sodir bo‘lgan o‘t qo‘yishlar ro‘yxati ham taqdim qilindi.
Unga ko‘ra, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Baykal orti o‘lkasi, Orenburg, Amur, Xabarovsk, Krasnoyarsk, Kaliningrad viloyatlari hamda Mordoviya Respublikasida harbiy komissarlik binolariga o‘t qo‘yilgan.
Shuningdek, Samara, Volgograd, Leningrad viloyatlari, Oltoy mintaqasi, Boshqirdiston Respublikasidagi hokimlik va ma’muriy binolarga o‘t qo‘yish holatlari kuzatilgan. Ushbu hodisalarda fuqarolar jabrlanmagani aytiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar