date
views 2 421

Putin MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi

Putin MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Avvalroq Rossiya tashqi razvedka xizmati juma kuni Moskvada MDH davlatlari xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining o‘n sakkizinchi yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

Unda Armaniston, Belarus, Ozarboyjon, Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston delegatsiyalari ishtirok etadi.

Qayd etilishicha, Putinning MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvi videokonferensiya rejimida o‘tkaziladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi