date
views 1 346

Urushning 220-kuni: Kupyanskda o‘qqa tutilgan avtokarvon, minali maydonlardagi sapyorlar (foto)

Urushning 220-kuni: Kupyanskda o‘qqa tutilgan avtokarvon, minali maydonlardagi sapyorlar (foto)
Ijtimoiy tarmoqlarda ukrain harbiylari Liman shahrida mamlakat bayroqlarini ilayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov shahar boy berilishida Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni, general-polkovnik Aleksandr Lapinni aybladi — uni qo‘shinlar uchun «zarur bo‘lgan aloqa va o‘q-dori bilan ta’minlay olmagan» «no‘noq» deb atadi.

Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich hazilomuz post qo‘yib, «Liman Rossiya Federatsiyasi tarkibidan chiqqani»ni aytdi. Bu vaqtda Qrimdagi Belbek harbiy aerodromi hududida quyuq tutun ko‘tarildi — Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chetga chiqib, yonib ketgani haqida ma’lum qildi.

Quyida 1 oktabr, urushning 220-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kupyanskda o‘qqa tutilgan qochqinlar karvoni

1 oktabr kuni Xarkiv oblasti Kupyansk rayoni Kurilovka qishlog‘i hududida tinch aholi avtokarvoni o‘qqa tutilgani aniqlandi. Ukraina hukumati bayonotiga ko‘ra, kolonna 25 sentyabr kuni o‘qqa tutilgan; natijada 24 kishi halok bo‘lgan, jumladan homilador ayol va 13 bola ham.
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA


Yakson qilingan kolonnadagi avtomobil yonida yotgan jasad. Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov bu hujumda rossiyalik harbiylarni aybladi, unga ko‘ra kolonna «yaqin masofadan turib» o‘qqa tutilgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


Yonib ketgan avtomobil. Kolonna 6 ta yengil avtomobil (asosan «Lada») va bitta «Gazel» mikroavtobusidan iborat bo‘lgan.
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA


Jasadlarni yig‘ayotgan ko‘ngillilar
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA

Svyatogorsk lavrida janglar izlari

Svyatogorsk shahrida Shimoliy Don ustidan o‘tgan yarim vayrona ko‘prik ustidagi ukrain harbiysi. Daryoning bir sohilida — Svyatogorsk lavri (u urush boshidan buyon ukrain armiyasi nazoratida qoldi), ikkinchisida — Ukraina qurolli kuchlari sentyabr oyi o‘rtalarida ozod etgan Svyatogorsk shahri joylashgan.
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA


Svyatogorsk lavridagi cherkovlardan birining yerto‘lasidan boshpana topgan tinch aholi vakillari. Bu yerda 30 nafarga yaqin kishi yashab kelmoqda.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA


Otishmalar natijasida shikastlangan ikona. Svyatogorsk uchun janglar chog‘ida ko‘plab ibodatxonalar jabrlangan.
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA


Otishmalar vaqtida jiddiy shikastlangan ibodatxonalardan birining oldidan o‘tayotgan ukrain harbiysi. Fonda qum to‘ldirilgan himoya qoplari va tinch aholi vakillari yashiringanini ko‘rsatuvchi «Lyudi» belgisi aks etgan.
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA

Seversk ostonasidagi ukrain artilleriyachilari

Sovetlar davrida ishlab chiqarilgan D-30 gaubitsasini tozalayotgan ukrain harbiylari.
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA


Arvoh-shaharga aylangan Seversk atrofidagi pozitsiyada tushlik qilayotgan ukrain harbiylari — shahar deyarli bo‘shab qolgan.
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA

Izyum atrofidagi janglar oqibatlari

Izyum yaqinidagi yo‘lda yonib ketgan avtomobil. Izyumni ukrain armiyasi 10 sentyabr kuni ozod qildi, ammo shahar atrofida hozirgacha harbiy harakatlarning yangi izlari topilmoqda.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA


Izyum atrofidagi dala maydonida tashlab ketilgan rus tanki
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastidagi ukrain sapyorlari

Izyum shahri atrofidagi hududlarni minalardan tozalash bilan mashg‘ul bo‘lgan sapyorlar avtomobilidagi protivogaz (gazniqob)
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA


Maydonni tekshirayotgan ukrain sapyorlari
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA


Ukrainalik sapyor minalangan maydonda. Ukraina armiyasi vakili ma’lum qilishicha, mamlakatda ozod etilgan hududlarning katta qismi (o‘nta oblastda 70 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydon) o‘q-dori va portlovchi moddalar bilan minalangandi.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA


Zararsizlantirilgan tankka qarshi minalar yaqinidagi ukrain sapyorlari
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

Mikolayiv o‘qqa tutilishi

«Qizil xoch» qutqaruvchilari Mikolayiv rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lgan ayol jasadini olib ketmoqda. Ukraina hukumati bayonotiga ko‘ra, 1 oktabrga o‘tar kechasi qilingan hujumda bir kishi halok bo‘lib, besh kishi yaralangan.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA


Mikolayivda zarbaga uchragan uy yaqinidagi keksa yoshli kishi
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urushning 220-kuni: Kupyanskda o‘qqa tutilgan avtokarvon, minali maydonlardagi sapyorlar (foto)