00:42 / 04.10.2022
2 288

Mask Qrimni Rossiyaniki deb atagandan so‘ng Tesla aksiyalari narxi pasayishi tezlashdi

Mask Qrimni Rossiyaniki deb atagandan so‘ng Tesla aksiyalari narxi pasayishi tezlashdi
Foto: Andrew Kelly/Reuters
Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Rossiya-Ukraina nizosini hal qilish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. U Ukrainaning bosib olingan hududlarida BMT ishtirokida boshqatdan referendum o‘tkazishni hamda Qrimni Rossiyaga tegishli deb tan olishni taklif qildi. U bu haqda o‘z Twitter-akkauntida yozdi.

Maskning fikricha, Ukraina Qrimni suv bilan ta’minlashi lozim, Qrim esa 1783 yildan Xrushchevning xatosigacha bo‘lgan davrdagidek Rossiyaning bir qismi hisoblanadi.

Ilon Mask agarda qayta referendum o‘tkazilib, xalq Rossiyaning ketishini istaydigan bo‘lsa, Rossiya bu hududlarni tark etishi kerakligini ta’kidladi.

Uning mazkur tvitidan so‘ng Tesla aksiyalari narxi tushishi tezlashdi.

NASDAQ birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, aksiyalar narxi 8,47 foizga arzonlashgan.

Kompaniya aksiyalari narxi 3 oktabr davomida 7 foizga pasaygandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mask Qrimni Rossiyaniki deb atagandan so‘ng Tesla aksiyalari narxi pasayishi tezlashdi