
Foto: «Segodnya»
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy — 2022 yilgi Nobel tinchlik mukofotini olishga asosiy da’vogarlardan biri. Bugun, 4 oktabr kuni NicerOdds maxsus saytida ushbu ma’lumot paydo bo‘ldi.
Tinchlik mukofotini olishga ikkinchi da’vogar sifatida belaruslik muxolifatchi Svetlana Tixanovskaya ko‘rilmoqda, uchinchi nomzod — Ukraina xalqi.
Shuningdek, top-5ga rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy va BMTning Qochoqlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi kiritilgan.
Bukmekerlar ro‘yxatida bu yilgi Nobel tinchlik mukofotiga nomzodlar sifatida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (koronavirus pandemiyasi ustidan g‘alaba qozongani uchun) va shvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg ham bor.
Nobel tinchlik mukofoti sohibining nomi 7 oktabr kuni e’lon qilinadi, xuddi shu kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 70 yoshga to‘ladi.
2021 yili Nobel mukofotini tinchlik yo‘nalishida filippinlik-amerikalik jurnalist va yozuvchi, Rappler yangiliklar sayti hamasoschisi va bosh direktori Mariya Resse hamda rossiyalik huquq himoyachisi, jurnalist, «Novaya gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratov qo‘lga kiritgandi (Muratov Nobel medalini auksionda 103,5 million dollarga sotib, xayriyaga, jumladan, ukrainalik urushdan jabr ko‘rgan bolalarga yordam uchun ishlatgan).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar